O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Ustoz va murabbiylar kuni: minnatdorchilik, iste’dod va ilhom” bayram tadbiri tantanali nishonlandi.
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbiri davomida bo‘lajak xoreografiya ustalarini yetishtirishga qo‘shgan beqiyos hissalari uchun Ustozlarga minnatdorchilik belgisi sifatida tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bayram muhitiga taniqli ansambllar va Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri yetakchi solistlarining chiqishlari o’zgacha jilo berdi. Madaniyatlar birligi va xilma-xilligi ramzi bo‘lgan “Xalqlar do‘stligi” raqsi dasturning diqqatga sazovor joylaridan biri bo‘ldi. Akademiya talabalari ham ustozlariga samimiy hurmat va minnatdorchilik izhor etib, yorqin raqs namunalarini namoyish etdilar.
O‘sib kelayotgan yosh avlodning o‘qishi va tarbiyasida ustozlarning o‘rni beqiyos ekani e’tirof etilgan ushbu bayram tadbiri iliq va ko’tarinki ruhda bo’lib o‘tdi.