28-noyabr kuni 2024-yil 15-noyabrdan 15-dekabr kuniga qadar respublikada “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi xodim va talabalari uchun “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish” bo‘yicha Yakkasaroy tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi mas’ullari: P va NB inspektori, kapitan Raximov Zoxid Nodirbek o’g’li, 18-YOKK shaxsiy tarkibi katta serjanti Halilov Shuhrat Sadriddinovich tomonidan ko’rgazmali-amaliy uchrashuv bo’lib o’tdi.
Mazkur uchrashuvda, Yakkasaroy tumani IIOFMB 3-son IIB profilaktika katta inspektori katta leytenant G.Matisakova taklifi bilan tashrif buyurgan Yakkasaroy tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi mas’ullari ishtirokchilarga kuz-qish mavsumida turli tabiiy va inson tomonidan keltirilgan favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish haqida kerakli ko’rsatmalar hamda maxsus taktik mashg‘ulotlar orqali atroflicha tushunchalar berib o‘tdilar.