Oliy ta’lim tizimida ilmiy-tadqiqot faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, innovatsion rivojlanishni jadallashtirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida qator muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion faoliyatni tizimli yo‘lga qo‘yish, boshqaruv, rejalashtirish, moliyalashtirish va natijadorlik mexanizmlarini takomillashtirish orqali mazkur yo‘nalishdagi chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, shuningdek ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida joriy yilning 27–29-iyun kunlari Namangan viloyatida “Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha ustuvor vazifalar” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tmoqda.