Bugun O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Shuxrat Toxtasimov boshchiligida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Nargiza Alimova hamda O’quv ishlari bo’yicha prorektor Sobirjon Jumayev talabalar turar joyida (TTJ) istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv davomida talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning dars jarayoni, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarziga rioya etish hamda mavjud muammolari yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, ijara xonadonlarda yashovchi talabalarning kundalik sharoitlari, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi, kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham rahbariyat tomonidan o‘rganilib, talabalarga zarur tavsiyalar berildi hamda ularning yashash va ta’lim olish sharoitlarini yanada yaxshilash borasida izchil ishlar olib borayotganini aytib o’tildi.
Ma’lumot o’rnida: Hozirda akademiya talabalari safining taxminan 95 foizi TTJda yashamoqda. Qolgan 5 foiz atrofidagi talabalar esa asosan Yakkasaroy va Sirg‘ali tumanlarida ijara xonadonlarda istiqomat qilmoqdalar.