O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 1-bosqich tayanch doktoranti Yulyaa Toirova 10-oktabr kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilgan “O‘zbekiston san’atshunosligining dolzarb muammolari: nazariya va amaliyot” mavzusidagi ilmiy-nazariy konferensiyada (https://t.me/mrdi24yangiliklar/33921) ishtirok etdi.
Anjumanda tadqiqotchi “Qashqadaryo mintaqasi raqs madaniyatining vizual ramziyligi” mavzusida ilmiy ish taqdim etdi.
Konferensiya doirasida O‘zbekiston san’atshunosligining bugungi holati, nazariy va amaliy masalalar, shuningdek, milliy san’at rivojining yangi yo‘nalishlari va istiqbollari muhokama qilindi.
Bunday ilmiy anjumanlar yosh olimlarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda milliy san’atshunoslikni xalqaro ilmiy maydonga integratsiya qilishga xizmat qiladi.