Xorazm viloyatining Xiva shahrida o‘tkazilgan III “Lazgi” xalqaro raqs festivali doirasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi professori Hulkar Hamroyeva, Qozog‘istonning Jumabek Tashenov nomidagi universiteti Xalqaro hamkorlik departamenti rahbari Shahlo Noraliyeva va filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Salimjon G‘aniyevlar ishtirokida O‘zDXA Urganch filiali pedagoglari uchun mahorat darsi tashkil etildi.
Uchrashuv interaktiv ruhda o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar. Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida esa milliy raqs elementlarini sahnada to‘g‘ri ijro etish, harakatlar plastikasi va obraz yaratish mahorati bo‘yicha tavsiyalar berildi.





