XOTIN-QIZLAR MASLAHAT KENGASHI RAISI Adasheva Mavluda Umataliyevna
|
Akademiyada xotin-qizlar maslahat kengashining raisi hamda “Xoreografiya sanʼati” fakulteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi faoliyat koʻrsatmoqda. Akademiya ilmiy kengashining qaroriga muvofiq Akademiya xotin-qizlar qoʻmitasi raisiga hamda fakultet xotin-qizlar kengashi raisiga ichki imkoniyatdan kelib chiqib, qoʻshimcha haq toʻlanadi. Akademiya xotin-qizlar kengashi raisiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020yil 17-iyun № 326 buyrugʻiga asosan xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi, fakultet xotin-qizlar kengashi raisiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021yil 13-dekabr № 518 buyrugʻiga asosan xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi maqomi berilgan.
Bugungi kunda Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 87 nafar ayollar faoliyat koʻrsatmoqda. Ulardan: 54 nafari professor oʻqituvchilar va joʻrnavozlarni, 33 nafarini ishchi-xodimlar tashkil etadi.
Talaba qizlarimiz soni 526 nafarni, shundan 98 nafari oilali qizlarni tashkil qiladi. Akademiya xotin-qizlar maslahat kengashining nizomi mavjud boʻlib, ushbu nizom boʻyicha faoliyat olib boradi. Xotin-qizlar kengashi jamoat tashkiloti sifatida oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida” gi Qonuni va nodavlat notijorat tashkilotlarni tartibga soluvchi boshqa qonunlariga muvofiq olib boradi.
Oilada sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, salbiy illatlardan yiroq boʻlish, professor – oʻqituvchi, xodimlar hamda talaba qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ularni madaniyat va sportga boʻlgan qiziqish hamda ehtiyojini, munosib ravishda taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi. Davlatimiz tomonidan xotin-qizlarning jamiyatdagi, oiladagi axvolini tubdan oʻzgartirish, ularning mehnati va turmushini toʻgʻri tashkil qilish, xotin-qizlar uchun qulay boʻlgan mehnat turlarini barpo etish, salomatligini mustahkamlash, ularni mehnat qilishlari uchun uy roʻzgʻor ishlarini ijtimoiy ishlab chiqarishda faol qatnashish bilan oqilona olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish asosiy vazifalarimizdan biriga aylandi. Shu oʻrinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning: “Ayol baxtli boʻlsa, jamiyat baxtlidir” degan soʻzlari eʼtirofga loyiqdir. Darhaqiqat, mamlakatimizda xotin-qizlar masalalari davlat siyosati darajasiga koʻtarildi, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning faol ishtirok etishiga keng imkoniyat yaratildi. Bugungi kunda ayollar yurtimizda boʻlayotgan demokratik oʻzgarishlarda faol kuchlardan biri sifatida namoyon boʻlmoqdalar. Xotin-qizlar jamiyatimiz fuqarolarining yarmidan koʻpini tashkil qilibgina qolmasdan, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ular koʻpchilikni tashkil etadi. Bugungi kunda ayollarning nafaqat sanʼat yoʻnalishlari, balki zamonaviy texnologiyalar, kompyuterlarning sirlarini bilish, jahon tillarini egallash kabi sohalarda ham ishtiroki salmoqlidir.
Akademiya xotin-qizlar maslahat kengashining maqsad va vazifalari jamiyatimizning bir boʻlagi hisoblangan “Xoreograflar oilasi”ning 87% ini tashkil etuvchi hotin-qizlarini kelajakda tom maʼnodagi “Baxtli ayol” boʻlishlariga koʻmaklashishdan iborat.
XOTIN-QIZLAR MASLAHAT KENGASHI NIZOMI