Mirzo Ulug’bek vorislari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-maydagi “Mirzo Ulugʻbek vorislari tayyorlov oʻquv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 206-son qarori ijrosini taʻminlash maqsadida Isteʻdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Oliy taʻlim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslari tashkil etildi.
Mazkur oʻquv kurslariga 2023-yilda davlat oliy taʻlim muassasalarining bakalavriat bosqichi 2-kursi bitiruvchilari orasidan 60 nafar talabalari tanlov asosida qabul qilinib, 34 hafta davomida “Blended learning” – aralash taʻlim texnologiyasi asosida oʻqitilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: “Mirzo Ulug’bek vorislari” tayyorlov o’quv kurslari doirasida yoshlarga raqamli texnologiyalar sohasida ilg’or xorijiy tajriba asosida tahsil beriladi.
O’quv kurslariga qabul qilingan respublika hududlaridagi davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining o’qishi mos va turdosh yo’nalishlarda Toshkent shahrida joylashgan davlat oliy ta’lim muassasalarida akademik mobillik asosida bir yillik muddatga ko’chiriladi.

Shu munosabat bilan, joriy yilda akademiyaning bakalavriat bosqichining 2-kursini muvaffaqiyatli (akademik qarzdorligi boʻlmagan) tamomlagan iqtidorli talaba yoshlarni “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslariga joriy yilning 20-iyul kuniga qadar maxsus veb sayt (https://dscience.uz/register/students/uz) orqali roʻyxatdan oʻtishingiz tavsiya etiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan