“YIL TALABASI-2023” tanloviga start berildi!

 Tanlovda O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2, 3, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.

 Tanlov g’oliblari quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha aniqlanadi:

 “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”
 “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”
 “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”
 “Yilning eng faol sportchi talabasi”
 “Yilning eng faol iqtidorli talabasi”
 “Yilning eng faol ijodkor talabasi”
 “Yilning eng faol tadbirkor talabasi”

 Nomzodlarning ariza va hujjatlar to‘plami Ma’naviyat bo’limi hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot bo’limida qabul qilinadi. Shu bilan birga, tanlovning fakultet bosqichi joriy yilning 16-20-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

 Murojaat uchun:
 +998998763113

 Avvalgi yillarda mazkur tanlovning respublika bosqichlarida ishtirok etib, 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishi ma’n etiladi!

             Tanlov nizomi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan