Xalqaro hamkorlik

 Joriy yilning 31-oktyabr – 2-noyabr kunlari Boshqirdiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan Ufa shahrida xoreografiya maktablari (kollejlari) va akademiyalarining R. Nureyev nomidagi V Xalqaro “Maliy Nureyevskiy” festivali bo‘lib o‘tdi.

 Festival dasturidan fotoko‘rgazma, xoreografik ta’lim masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati, xoreografiya ta’lim muassasasi yetakchi o‘qituvchilarining mahorat saboqlari, shuningdek, repetitsiya va sahna chiqishlari o‘rin olgan.

 Festivalning faxriy mehmoni sifatida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich taklif etildi va “O‘zbekistonda xoreografiya ta’limi: an’analar va innovatsiyalar” mavzusida ma’ruza qildi.

 Shuningdek festivalda “Xoreografiya” kafedrasi “Kasbiy ta’lim” yo’nalishi 4-bosqich talabasi K.I.Xaitmatova “Andijon polkasi”, bastakor C.Tursunxojayev hamda
1-bosqich talabasi M.O.Qobulova «Konyok Gorbunok» baletidan «Suv parisi» bastakor S.Puni variatsiyasi bilan ishtirok etib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’ldilar.

 Festival doirasida professor Valeriya Iosifovna Uralskaya boshchiligida xoreografiya akademiyalari, maktab, kollej direktorlari va o‘qituvchilari ishtirokida bo’lib o’tgan davra suhbati, mumtoz balet merosi, an’anaviy klassik raqs texnikasi, ijro mahorati, milliy raqs an’analari, xalq va xarakterli raqslarni o’zlashtirish, saqlash rivojlantirish, ommalashtirish,
kasbiy, ijodiy, madaniy makonni kengaytirish kabi masalalar muhokamasiga qaratildi.

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan