Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari aniqlandi

2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 685 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.

Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabalar rektor tomonidan tasdiqlangan sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.

Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashib, sovrindor boʻlolmagan talabalar ham sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan ragʻbatlantiriladi.

Barcha stipendiat talabalarimizni chin dildan muborakbod etamiz!

To’liq ro’yhat

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan