E’tirof

“Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va san’at milliy mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabasi Mohina Ergasheva eng ko‘p ovoz bilan “Yilning eng yaxshi raqqosasi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Akademiya jamoasi g’olibamizni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy qutlab, ularga yutuqlari bardavom bo’lishini hamda kelgusi faoliyatlarida katta omad va zafarlarga erishishlarini tilab qolamiz!