Risola XX asrning 30-yillari boshlarida o‘z dunyoqarashi orqali o‘zbek she’riyatiga yangicha oqim olib kirgan, jadid adabiyotining ko‘zga ko‘ringan shoiri, tarjimon, dramaturg Usmon Nosirning hayoti va ijodiga bag‘ishlanadi.
BAG‘ISHLOV
(“Naxshon” dostonidan)
Bog‘larga
Salqini tushdi,
Gullar nam bargini
Qayirdi asta.
Oftob ham suv ichar
Tog‘lardan pastda,
Loladek qip-qizil
O‘t shafaq o‘chdi.
Ko‘z tutdim
Ko‘zlarim nigaron bo‘ldi;
O, dilbar,
Simbarim, yuzlari qirmiz.
Kiprigi ko‘ksiga
Soya solgan qiz,
Ko‘z tutdim,
Yuragim to‘la qon bo‘ldi.