Moliyaviy savodxonlik

Kuni kecha, 24-aprel kuni “Global Money Week” (“Umumjahon pul haftaligi”) xalqaro taʼlim kompaniyasi doirasida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari uchun Toshkent shahridagi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti vakili, dotsent Shaydanov Temur Rashidovich rahbarligida 3-bosqich volontyor-talabalar: Milana Ivanova, Doston Fayzullayev, Ibrohim Akbarov, Behzod O’rinboyevlar ishtirokida “Think before you follow, wise money tomorrow” (“Ertangi moliyaviy imkoniyatlaringiz bugungi qarorlaringizdan boshlanadi”) mavzusida amaliy trening tashkil etildi.

Trening noiqtisodiy yoʻnalishdagi talabalarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan bo’lib, bunda volontyor-talabalar kiberxavfsizlikning oldini olish va bank masalalarida har bir talaba bilishi zarur bo’lgan qoida, ko’rsatma va tavsiyalarini ham berib o’tdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi koʻmagida oliy taʼlim tashkilotlari va manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda 2020-yildan boshlab anʼanaviy tarzda “Global Money Week” (“Umumjahon pul haftaligi”) xalqaro taʼlim kompaniyasi doirasida talabalar uchun moliyaviy savodxonlikni oshirish boʻyicha oʻquv tadbirlari va loyihalar oʻtkazib kelinmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan