Joriy yilning 22-aprel kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Mirobod tuman bo’linmasi hamda Mirobod tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda tumanda joylashgan 328-sonli umumta’lim maktabida «O’zbekiston – kitobxonlar yurti» shiori ostida kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda barcha davrlarda ilm olishning dolzarbligi, kelajagi buyuk yurtimiz uchun munosib bunyodkor yoshlarni tarbiyalash, yoshlarni barkamol inson bo’lib ulg’ayishi uchun kitobning ahamyati ta’kidlandi.
Tadbirda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi dotsenti, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari doktori, «Ma’rifat» targ’ibotchilar jamiyati a’zosi Hulkar Hamroyeva «Kitob mutolaasi va yoshlar ma’naviyati» mavzusida ma’ruza qildi.
Tadbirda 328-sonli maktab o‘quvchilari ham faol qatnashib, savol-javoblar orqali ijodkor bilan bevosita muloqotda bo‘ldilar.
Tadbir yakunida esa barcha ishtirokchilarga kitoblar sovg‘a qilindi.