“Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz”

13-may kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika OITSga qarshi kurashish markazi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, OIV/OITS kasalligining yuqish yo‘llari, patogenezi, epidemiologiyasi, kasallikning klinik belgilari va profilaktikasini oldini olishga qaratilgan “Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat yakunida Respublika OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari tomonidan barcha talaba-yoshlar, o’qituvchilar, shuningdek xodimlarning qon tahlili tekshiruvlari o’tkazildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan