“Qashqadaryo raqs san’atining hududiy xususiyatlari” mavzusidagi ilmiy- tadqiqot ishi

Joriy yilning may oyida О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 1-kurs tayanch doktoranti Tairova Yuliya “Qashqadaryo raqs san’atining hududiy xususiyatlari” mavzusidagi ilmiy- tadqiqot ishi doirasida Qarshi ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs san’ati maktab-internatida bo’lib, maktab direktori S.Haydarova va o‘qituvchilari bilan dissertatsiya ishi yuzasidan suhbatlashdi hamda amaliy raqs mashg’ulotlarida ishtirok etdi.

Suhbat chog‘ida mintaqa raqs madaniyatining o‘ziga xosligini saqlash, shuningdek, o‘zbek raqs san’ati rivoji bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan