O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi o‘qituvchisi Yelena Kari-Yakubova o‘z intervyusida xalqaro konferensiyaning ahamiyati haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbuslari bilan mamlakatimizda madaniyat, fan va ta’lim sohalarini rivojlantirish, shuningdek, san’at yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.