O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 25-dekabrdagi PQ–406-son qarori 7-ilovasi 3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Madaniyat vazirligi tomonidan Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi milliy raqs ijrochilari ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 20-21-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti (TURKSOY), O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Navo” musiqiy telekanali hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi milliy raqs ijrochilari
ko‘rik-tanlovi (https://t.me/madaniyatvazirligi/46651)
bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston xalq artisti Mukarrama Turg‘unboyeva hamda o‘zbek raqs san’ati darg‘alari tomonidan sahnalashtirilgan milliy raqs asarlarini kelgusi avlodlarga yetkazish, milliy raqs san’atini yanada rivojlantirish, dunyo sahnalariga olib chiqish, iste’dodli milliy raqs ijrochilarini va baletmeysterlarni kashf etishga qaratilgan mazkur ko’rik-tanlovda (https://t.me/madaniyatvazirligi/46651) O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Rejissyor-baletmeyster” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Shavkatova Sabrina Rustamovna ham faol ishtirok etib faxrli 1-o’rin sohibi bo’ldi.
Tanlovda S.Shavkatova O‘zbekiston xalq artistlari M.Turg‘unboyeva Baxtiyor Aliev musiqasiga sahnalashtirgan “Nozanin” buxorocha raqs hamda xalq musiqasi asosida tayyorlangan “Uyg‘urcha raqs” bilan qatnashdi.
Mazkur tanlovga ustoz-shogird an’analarini davom ettirgan holda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi dotsenti, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Yunusova Dilbar Muhammadovna tayyorladi.
Akademiya jamoasi nomidam mukofot bilan muborakbod etib, kelgusidagi o’qish va ijodingizga ulkan zafarlar tilaymiz!