Mahorat darsi

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi o‘qituvchisi Dilafruz Dosjanova tomonidan Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchi kurs o‘quvchilari uchun “Xoreografiya san’ati tarixi, uning taraqqiyot yo‘li” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Mahorat darsida raqsning qadim zamonlardan paydo bo‘lgani, o‘rta asr, uyg’onish davri va XX asrga kelib rivojlanishi va cho‘qqiga chiqishida munosib hissa qo‘shgan soha darg’alarining mashaqqatli mehnatlari haqida so‘zlab berdi.

Mahorat darsi innovatsion o‘yin platformasi orqali viktorina tarzidagi savol-javob ko‘rinishida o‘tkazilib, dars yakunida faol o‘quvchilarga esdalik sovg’alari topshirildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan