Joriy yilning 22~may kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 1-kurs tayanch doktoranti Yuliya Tairova Qarshi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida «Aktyorlik va xoreografiya san’ati» bo’limi talabalarining hisobot konsert dasturini tayyorlashda ishtirok etdi.
Konsertda milliy va zamonaviy uslubdagi sahna chiqishlari va raqslar,bo’lim talabalari ijrosidagi sahna ko‘rinishlaridan parchalar namoyish etildi. Konsert yig‘ilganlarda o‘zgacha kayfiyat va katta taassurot qoldirdi..