“Biz erta nikohga qarshimiz” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.

Bugun 19-iyun kun iO‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Risolat Axmedova va akademiya psixologi Ra’no Xolmatova tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida “Biz erta nikohga qarshimiz” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.

✅Treningda:
🔹erta nikohning salbiy oqibatlari;
🔹yosh oilalar orasida uchrayotgan ajrimlar sabablari;
🔹sog‘lom va barqaror turmush qurish uchun zarur ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik masalalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

📊 Davra suhbatida real misollar, statistik ma’lumotlar asosida erta turmush qurish oqibatlari tahlil qilinib, ishtirokchilar o‘z fikrlarini bildirishdi va muhokamada faol qatnashishdi.

🔃Ushbu tadbir yoshlarning ongli qaror qabul qilishida, hayotga jiddiy yondashuvida muhim o‘rin tutadi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan