Har bir yurish – bu tanlov, har bir tanlov – bu natija” shiori ostida shaxmat va shashka o‘yinlari tashkil etildi.

Bugun,19-iyun, kunining ikkinchi yarmida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi yoshlar yetakchisi Hamroz Xalilov tomonidan Talabalar turar joyida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida “Har bir yurish – bu tanlov, har bir tanlov – bu natija” shiori ostida shaxmat va shashka o‘yinlari tashkil etildi.

 Ushbu musobaqaning asosiy maqsadi – talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, aqliy salohiyatni rivojlantirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishdan iboratdir. Shu bilan birga, shaxmat va shashka kabi intellektual o‘yinlar talaba yoshlarning ijtimoiy va madaniy jihatdan o‘sishiga xizmat qiladi.

⏱ Musobaqa jarayonida talabalar o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etib, bir-biriga nisbatan hurmat va do‘stona raqobat muhitida ishtirok etishdi. Bu kabi tadbirlar yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularni har tomonlama rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan