Yakuniy davlat attestatsiyasi

Joriy yilning 18-iyun kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Professional ta’lim (xoreografiya)” yo‘nalishi bo‘yicha 4-bosqich bitiruvchilarining diplom ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Bitiruvchilar o‘zlarining ko‘p yillik mehnatlari natijasini – ilmiy va amaliy izlanishlarga boy diplom ishlarini taqdim etishdi. Ularda ijodkorlik, chuqur nazariy bilim va pedagogik yondashuv mujassam edi.

Himoya quyidagi attestatsiya komissiyasi a’zolari ishtirokida o‘tkazildi: Komissiya raisi – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, A.Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrining bosh balet artisti Hamrayeva Nodira Mixaylovna;
Rais o‘rinbosari – “Xoreografiya san’ati” fakulteti dekani, falsafa fanlari doktori (PhD) Xolmurodova Mexrinisa Ibraximovna;
Tashqi a’zo – Tashanov nomidagi san’at universiteti kafedra mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Tleubayeva Baljan Seydramanovna;
Tashqi a’zo – Xoreografiyaga ixtisoslashgan maktab-internat maxsus fanlar bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Azimova Gulchehra Sarvarovna;
“Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi Sultangirova Irina Radikovna;
Komissiya kotibasi – “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi o‘qituvchisi Qodirova Aziza Habibaullayevna.

Bitiruvchilarni ushbu muhim bosqich – diplom himoyasi bilan tabriklaymiz hamda kelgusidagi ijodiy va pedagogik faoliyatida omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan