«Dolzarb 90 kun» doirasida navbatdagi tashabbus!

Bugun 23-iyun kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining faol talabalari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, tyutor R.Axmedova hamda rektorning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi – yoshlar yetakchisi H.Xalilov boshchiligida Mirobod tumanidagi 328-maktabda bo’lib, hamkorlikda o‘quvchilar bilan jonli fleshmoblar, shashka, futbol kabi sport o‘yinlari musobaqalari o’tkazildi.

Hamkorlik doirasida, talabalarimiz va yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ular bilan samarali muloqot o‘rnatish, ijtimoiy faollikni oshirishda akademiya yoshlari faol ishtirok etmoqda!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan