Kuni kecha, 23-iyun kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari va xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini yoshlar murabbiysi Saltanat Sultonova tomonidan tashkil etilib, o‘tkazildi.
O‘yin savollari to‘liq xoreografiya dunyosiga bag‘ishlanib, klassik baletdan tortib zamonaviy raqs san’atigacha bo’lgan mavzularni qamrab oldi. Ishtirokchilar ham bilimdonlik, jamoaviylik va noodatiy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.
“Zakovat” kabi intellektual o‘yinlar mantiqiy fikrlash, tahlil va sintez, umumlashtirish va tasniflash, taqqoslash va qarama-qarshiliklarni ajratish kabi yuqori darajadagi aqliy funksiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Do‘stona raqobat, ko’tarinki ruh, qizg‘in hamda katta qiziqish muhitida o‘tgan o‘yin yakunida har bir jamoaning g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.