Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yo‘lida navbatdagi tashabbus!

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida talabalarning bo‘sh vaqtlarini maroqli va mazmunli o‘tkazish maqsadida o‘quv teatri bosh mutaxassisi M.Asrorov tashabbusi hamda tyutor R.Axmedova hamkorligida “Davra” nomli mushoira kechasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda talabalar o‘zlarining ijodiy salohiyatlarini namoyish etishdi, she’rlar o‘qib, o‘zaro fikr almashdilar. Tadbir doirasida so‘zga chiqqanlar bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarning yoshlar tafakkurini boyitishdagi o‘rni katta ekanini ta’kidlab o‘tdilar.

Mushoira kechasida akademiyaning yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori R.Sultanova ham ishtirok etdi va bunday tashabbuslarni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Ilhom va ijod uyg‘otuvchi bunday tadbirlar talabalarning estetik didini, nutq madaniyatini va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan