Afsonaning izidan: Tamara Xonim — davrning ritmi, ovozi va ruhi

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi birinchi bosqich talabalari xalq xotirasida raqs va qo‘shiqni butun dunyo xalqlari o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro tushunish tiliga aylantirgan afsonaviy san’atkor Tamara Xonim yashagan uy-muzeyida bo’ldilar.

✨Talabalar akademiya tyutori Saltanat Sultanova va profilaktika inspektori, katta leytenant Guzal Matisakova boshchiligida san’atkor hayotining ijodiy muhitiga kirib sahna liboslarini tomosha qildilar hamda ijod yo‘li haqidagi qiziqarli ma’lumotlar va ilhom bilan to‘lgan davr nafasini his qildilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan