Akademiya talabalari Gran-prini g’olibi

Joriy yilning 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Koreys madaniyat markazlari assotsiatsiyasining “Seul” markazida “Tashkent Music Festival” xalqaro tanlov-festivali bo‘lib o‘tdi.

 O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari tanlovda yuqori mahorat namoyon etib, eng oliy Gran-Pri mukofotiga sazovor bo‘ldilar. Zamonaviy yo‘nalish 1-bosqich talabasi Turdiyeva Madinabonu hamda 2-bosqich talabasi Nazirova Kamila “Zamonaviy raqs” nominatsiyasida “Ikki yulduz, bir toj” nomli raqs nomeri bilan ishtirok etib (16–22 yosh toifasi) faxrli natijaga erishdilar.

 G‘oliblar “Pedagogika xoreografii” kafedrasi zamonaviy raqs o‘qituvchisi, “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni hamda “Oliy ta’lim a’lochisi” medali sohibasi Boreyko Alevtina Aleksandrovna rahbarligida tayyorlandi.

Akademiya jamoasi nomidan talabalarimizni samimiy muborakbod etib, kelgusidagi ijodiy faoliyatlarida omad va zafarlar tilaymiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan