Bag‘rikenglik va madaniyatlar uyg‘unligi sari

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 1-bosqich talabalari “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi o‘qituvchisi Yelena Kari-Yakubova hamda tyutor Saltanat Sultanova hamrohligida “Do‘stlik” bog‘ida joylashgan Milliy madaniy markazlar pavilyonida bo’lib, 22 ta milliy pavilyon faoliyati bilan tanishidilar.

Talabalar arman, qrim-tatar, yahudiy madaniy markazlari vakillari bilan bevosita muloqot qilib Tamara Xonim me’rosi, buxorolik yahudiylarning raqs an’analari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Xususan, mashhur san’atkor, baletmeyster O’zbekiston xalq artisti Isoxor Oqilovning nabirasi Marina Oqilova bilan bo‘lgan uchrashuv talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Mazkur madaniy uchrashuv talabalarning ko‘p millatli va ko‘p madaniyatli muhit haqidagi tasavvurlarini yanada boyitib, bag‘rikenglik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qildi. Shu bilan birga, kelajak san’atkorlari uchun turli xalqlarning urf-odat va an’analarini amaliy hamda vizual jihatdan o‘rganishda muhim tajriba bo‘ldi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan