Iqtidorli yoshlar uchun katta imkoniyat!

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari, magistrantlari va izlanuvchilari!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri Sun Yat-Sen University tomonidan xorijiy talabalar uchun “Sun Yat-Sen University Scholarship for International Students” stipendiya dasturi doirasida tanlov e’lon qilindi.

Mazkur dastur iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Akademiya talabalarini ushbu nufuzli xalqaro dasturda faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Ariza topshirish muddatlari:

Bakalavr:
2026-yil 1-mart – 30-aprel
Magistratura va PhD:
2026-yil 16-fevral – 30-aprel

Batafsil ma’lumot: iso.sysu.edu

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan