Joriy yilning 4-fevral kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida onlayn tarzda “Biz zo`ravonlikka qarshimiz!” mavzusidagi seminar bo`lib o`tdi. Seminarda akademiya Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Adasheva tomonidan bugungi kunda jamiyatimizda uchrab turayotgan zо‘ravonlik kabi noxush xolat va uni bartaraf etishda barcha birdek birlashishi, xotin-qizlarning zо‘ravonlik va tazyiqqa uchrashishini oldini olish, imkon qadar bunday xolatlarga umuman yо‘l qо‘ymaslik zarurligi haqida ma’ruza qildi.
Seminar davomida davlatimiz rahbarining shaxsiy tashabbuslari bilan sо‘ngi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qо‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy xujjatlar qabul qilinganligi tо‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi. Bulardan eng asosiysi sifatida mamlakatimizda gender tengligini ta’minlash maqsadida 2019-yil 2-sentabr kuni “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari tо‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinganligi aytib о‘tildi. Ichki ishlar organlarida xotin-qizlar masalalari bо‘yicha katta inspektor lavozimlarining joriy etilganligi esa ojiz jins vakilasi hisoblanmish xotin-qizlarni zо‘ravonlik va tazyiqdan himoya qilish maqsadida tashlangan eng dadil qadamlardan biri ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, seminarda akademiya psixologi R.Xolmatova bu kabi xolatlarda inson о‘zini qanday tutishi, ruhiy-psixologik yordam va himoyalanish bо‘yicha mutaxassis nuqtai nazaridan о‘z maslahatlarini berib о‘tdi. Qolaversa, fakultet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi E.Saitova ham hayotiy misollar orqali о‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Seminarda talabalar mavzu yuzasidan о‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar va shu bilan bir qatorda о‘z fikrlari hamda takliflarini bildirib о‘tdilar.