Bayram tabrigi

Joriy yilning 29-sentabr kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 1 oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan badiiy-adabiiy tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda akademiyaning o’quv ishlari bo’yicha prorektori Jahongir Ganiyev so’zga chiqib, barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayramlari bilan muborakbod etdi.

Shuningdek, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Mirmuxsin G’ofurov akademiya professor-o’qtuvchilarining muallifligidagi yangi o’quv qo’llanmalarni o’z egalariga topshirdi.

Akademiya talabalari tomonidan tayyorlangan bayram tadbiri kuy-qo’shiq va betakror raqslar barchaga manzur bo’ldi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan