Ma’lumki, 2023-yil 11-apreldan 15-aprelgacha tajribali va yuqori malakali mutaxassis, Moskva davlat xoreografiya akademiyasining «tarixiy va maishiy raqs» bo‘yicha yetakchi o‘qituvchilaridan biri, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Severtseva Mariya Olegovna, O‘zbekiston Davlat xoreografiya akademiyasiga mahorat darslarini o‘tkazish uchun taklif etildi.
15-aprelda mahorat darslari boyicha yakuniy uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda Severtseva Mariya Olegovna yig’ilish ishtirokchilarini videomateriallar bilan tanishtirib, «tarixiy va maishiy raqs» mavzusiga oid masalalar muhokamasini o’tkazdi.