Diqqat e’lon!

О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobiga 2026-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 17.00.09 – “Xoreografiya san’ati” ixtisosligi bо‘yicha tayanch doktorantura (Phd)ga tanlov asosida qabul e’lon qiladi.
 
 Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
 
 Qisqacha biografik maʼlumot;
 Oliy taʼlim muassasasi diplomi (magistr va bakalavr);
 Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
 Xorijiy til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat.
 
 Tayanch doktoranturaga kirish uchun tanlovda ishtirok etishga hujjatlar daraja.ilmiy.uz (https://daraja.ilmiy.uz/) platformasi orqali 2025-yil 5-noyabrgacha qabul qilinadi. 

Ma’lumot о‘rnida, tasdiqlangan kvota bо‘yicha 2 ta о‘ringa mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlari va suhbat bо‘lib о‘tadi.
 
 Murojaat uchun:
+998 90 821 54 44,
 @tursunovna_sh

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan