Talaba-yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish, intellektual salohiyatini oshirish va ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini rag‘batlantirish hamda ilg‘or tajribalardan keng foydalanish, ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yо‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shu bilan birga iste’dodli yoshlarni respublikaning nufuzli ta’lim tashkilotlari talabalari bilan tajriba almashishini tashkil etish maqsadida, О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2026-yil 15-aprel kuni “San’at olami– talabalar nigohida” mavzusida III respublika talabalar ilmiy-amaliy anjumani о‘tkaziladi.
Anjumanda respublikadagi san’at va madaniyat yо‘nalishida ta’lim olayotgan barcha oliy ta’lim muassasalarining magistratura va bakalavriat ta’lim bosqichi talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Axborot xati quyida ilova qilinadi.
о‘zbek tilida
rus tilida
ingliz tilida