HURMATLI PROFESSOR-O’QITUVCHILAR, TALABALAR VA BITIRUVCHILAR!

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2025/2026-o’quv yili bitiruvchi talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi!

💠 Ushbu imtihon — bu shunchaki baho emas. Bu sizning ko’p yillik mehnatingiz, sahnadagi har bir harakatingiz, nazariy bilimlaringiz va ijodiy mahoratingizning haqiqiy sarhisobi!

MUHIM ESLATMA: Attestatsiya jarayonlari 2025-2026 o‘quv yili uchun tasdiqlangan o‘quv jarayoni jadvali hamda akademiya rektorining 2026-yil 18-fevraldagi 01-04-05/19-T-sonli buyrug’i asosida tashkil etilmoqda.
Shaffoflik
✅ Adolat
✅ Yuqori saviya
— bular attestatsiyaning asosiy mezonlari hisoblanadi.

✔️ Barcha bitiruvchi talabalarimizga: Sinovlardan yuzi yorug’, muvaffaqiyatli o’tishni tilaymiz! Kelajakda o’z sohalarining yetuk mutaxassislari bo’lib, Vatanimiz san’ati rivojiga munosib hissa qo’shishingizga ishonamiz!

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan