![]() |
XOLMURODOVA MEXRINISO IBRAGIMOVNA “Xoreografiya san’ati” fakulteti dekani
|
О‘ZBEKISTON DAVLAT XOREOGRAFIYA AKADEMIYASI “XOREOGRAFIYA SAN’ATI” FAKULTETI TARIXI
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 8 yanvardagi “О‘zbekistonda milliy raqs va xoreografiya san’atini rivojlantirish tо‘g‘risida”gi PF-1695-sonli farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 21 fevraldagi “О‘zbekistonda milliy raqs va xoreografiya san’atini rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 101–sonli qarori asosida Toshkent davlat Madaniyat institutining “Xoreografiya” kafedrasi va Xoreografiya bilim yurti negizida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tashkil etildi. 1997 yilda yagona fakultet “Xoreografiya san’ati” fakulteti ham shakllantirildi. Fakultet tashkil topganda “Xoreografiya” va “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi bilan faoliyatini boshlagan.
“Xoreografiya” kafedrasi “Xoreografiya jamoalari rahbari” yо‘nalishini tashkil etish bilan о‘z faoliyatini boshlagan. 2001 yil “Pedagog-xoreograf” va “Balet rejissyorligi” yо‘nalishlari tashkil etilib, talabalar qabul qilingan.
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi 1997 yilda tashkil etilgan, bakalavriyat va magistratura yо‘nalishlari talabalariga ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardan saboq berib kelgan.
2005 yilda “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi tashkil etildi va “San’atshunoslik” yо‘nalishiga talabalar qabul qilindi.
2019 yilga qadar fakultet tarkibidagi kafedralar negizida quyidagi:
- Xoreografiya jamoalari rahbari
- Xoreograf-pedagog (Kasbiy ta’lim)
- San’atshunoslik nazariyasi kasbiy mutaxassislar tayyorlangan.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2019 yil 21 oktabrdagi qaroriga muvofiq har bir oliy ta’lim muassasalarida “О‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasini tashkil etish belgilandi va 2020 yil mart oyida kafedra tashkil etildi.
2020 yil 4 fevralda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4585-sonli qaroriga muvofiq Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabiga О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi maqomi berildi. Bugungi kunda akademiyada bakalavriat ta’lim yо‘nalishida 390 nafar (kunduzgi ta’lim shaklida), 148 nafar (maxsus-sirtqi, sirtqi ta’lim shaklida) talabalar, magistratura bо‘limida 31 nafar magistrantlar tahsil olmoqda. Jami talaba-yoshlarning soni 569 nafarni tashkil etadi.
Hozirgi kunda “Xoreografiya san’ati” fakulteti tarkibida 4 ta kafedra mavjud bо‘lib, 4 ta yо‘nalishda talabalar tahsil olmoqda:
- Xoreografiya jamoalari rahbari
- Xoreograf-pedagog (Kasbiy ta’lim)
- San’atshunoslik (Xoreografiya turlari bо‘yicha)
- Zamonaviy raqs (Xoreografiya turlari bо‘yicha) kasbiy mutaxassislar tayyorlanadi.
- ”Xoreografiya” kafedrasida 32 nafar sohaning yetuk mutaxassislar, О‘zbekiston xalq artistlari, xizmat kо‘rsatgan artistlar, xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimlari, ta’lim a’lochilari, katta-о‘qituvchilar va stajyor-о‘qituvchilar quyidagi ta’lim yо‘nalishlarida talaba-yoshlarga tahsil bermoqda:
– Xoreografiya jamoalari rahbari ta’lim yо‘nalishi;
– Kasbiy ta’lim (Pedagog-xoreograf) yо‘nalishi;
– Zamonaviy raqs ta’lim yо‘nalishi.
- “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasida 23 nafar soha professorlari, dotsentlari, fan nomzodlari, katta-о‘qituvchilar va stajyor-о‘qituvchilar quyidagi ta’lim yо‘nalishida talaba-yoshlarga tahsil bermoqda:
– San’atshunoslik ta’lim yо‘nalishi.
- “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida 10 nafar sohaning yetuk professorlari, dotsentlari, fan nomzodlari, katta-о‘qituvchilar va stajyor-о‘qituvchilar talaba-yoshlarga tahsil bermoqda.
- “О‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasida 6 nafar sohaning yetuk professorlari, dotsentlari, fan nomzodlari, katta-о‘qituvchilar va stajyor-о‘qituvchilar talaba-yoshlarga tahsil bermoqda.