Marketing va talabalar amaliyoti bо‘limi vazifalari
Respublika va tegishli hududlar (viloyatlar) iqtisodiyoti hamda ijtimoiy soha tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda yangi ta’lim yо‘nalishlari yoki mutaxassislarni ochish, shuningdek ta’lim bozori talablariga javob bermaydiganlarni tо‘xtatish bо‘yicha tayyorlangan takliflarni tahlil qilish va vazirlikning tegishli bо‘limlariga taqdim etish.
Talabalar qabuli kо‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida ish beruvchilar (korxona va tashkilotlar)ning mavjud ta’lim yо‘nalishlari yoki mutaxassisliklarga bо‘lgan talablari (buyurtmalar)ni hisobga olgan holda davlat grantlari va tо‘lov-kontrakt bо‘yicha joriy va istiqbolli «buyurtmalar portfeli»ni shakllantirish.
Akademiya bitiruvchilarini ishga taqsimlash bо‘yicha komissiyasini tashkil etish, taqsimot komissiyasi tomonidan ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarning kadrlarga bо‘lgan real ehtiyojlariga muvofiq bitiruvchilarni ishga taqsimlash rejalarini (dastlabki, aniqlashgan) ishlab chiqish va yakuniy taqsimotni о‘tkazib, uning natijalari bо‘yicha bitiruvchilarning shaxsiy taqsimot qaydnomasini tuzish hamda umumlashtirish.
Yangi о‘quv yili qabul rejasining bajaralishi (davlat grantlari va tо‘lov-kontrakt bо‘yicha qabul rejasi, tushgan arizalar, konkurs, qabul qilingan talabalar soni, ularning kurslari, ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha (mutaxassisliklar) bо‘yicha taqsimlanishi, о‘qitish tillari va h.k.) haqida ma’lumotlar bankini yaratish.
Bakalavriat yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha talabalarning kasbiy mahoratini oshirish va bitiruvchilarni ishga taqsimlash borasida Akademiyaning tegishli bо‘linmalari (turli-ilmiy uslubiy kengashlar, ilmiy, о‘quv-uslubiy boshqarma, fakultetlar, kafedralar h.k.) bilan hamkorlik qilish, ular tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish va baholashda ishtirok etish, marketing siyosatini amalga oshirishda barcha tegishli bо‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Korxona, muassasa, tashkilotlar, jismoniy shaxslar bilan mutaxassislar tayyorlash bо‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirish.
Xalqaro marketing bо‘yicha ishlarni olib borish hamda mahalliy va xorijiy jamg‘armalar, dasturlardan foydalanish, loyihalar tayyorlashda ishtirok etish.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-2006 о‘quv-yilida О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul tog‘risida”gi 2005 yil 2 iyun PQ-92-sonli qaroridagi barcha ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha davlat granlari asosida tahsil olgan OTM bitiruvchilarini kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ta’lim muassasalariga, korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlash borasidagi vazifalarni о‘z vaqtida bajarish va nazorat qilish.
Akademiyada tayyorlanayotgan oliy malakali kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning extiyojini fakultetlar, kafedralar va ma’muryat bilan о‘rganish asosida ma’lumotlar bankini shakllantirish.
Mehnat bozori konyukturasini о‘rganish, qabul kо‘rsatkichlariga taklifni, istemolchilarning bitiruvchilarga bо‘lgan real buyurtmalari asosida shakllantirish, talabalar kontengenti, bitiruvchilarning ishga joylashtirish tо‘g‘risidagi respublika ma’lumotlar bazasini tashkil etishga doir hujjatlarni о‘z vaqtida Madaniyat vazirligiga taqdim etish (rahbaryat bilan kelishgan holda).
Davlat granti asosida qabul qilingan bakalavr va magistrlar bilan о‘qishni bitirgandan sо‘ng ta’lim muassasalarida yoki korxonalarda kamida uch yil ishlab berish haqida shartnoma tuzish (bir oy ichida) bitiruvchilarni xohish istagini inobatga olgan holda.
Davlat granti asosida bitirgan yosh mutaxassislarni respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlarida samarali foydalanish uchun ularni о‘z vaqtida ish bilan taminlashga kо‘maklashish (rahbaryat bilan).
Ishga yо‘llangan talabalarning mehnat sharoitlari va shartnoma talablarini bajarilishi yuzasidan arizalarni prorektorlar yordamida kо‘rib chiqish va yechim qabul qilish.
Bitiruvchi talabalarga bо‘lg‘usi ish о‘rni tо‘g‘risida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarni о‘tkazishni tashkil yetish (rahbaryat yordamida).
О‘tgan о‘quv yili bitiruvchilarini ishga joylashganligi tо‘g‘risida ma’lumotlar tayyorlash.
Davlat granti asosida qabul qilingan talabani о‘qishni tugatgandan sо‘ng ishga taqsimlangan joyda kamida uch yil majburiy ishlab berishi tо‘g‘risida namunaviy shartnoma namunasini tarqatish.
Amaliyot uchun zarur hujjatlar, о‘quv-metodik kо‘rsatmalarning bо‘lishligini ta’minlanishi, zarur hollarda texnika havsizligi bо‘yicha mashg‘ulot va instruktajlar о‘tkazganligini nazorat qilib boriladi.
Malakaviy, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlarning borishini nazorat qilish hamda tahlildan о‘tkazish.
Talabalar amaliyoti grafigini bajarilishini nazorat qilish. Talabalar amaliyotlarini tashkil qilish va о‘tkazish sifati ustidan nazorat о‘rnatish.
Fakultetlar tomonidan bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha har bir bitiruvchining malakaviy sifatlari tо‘g‘risida tavsifnoma umumlashtirishni nazorat qilish.
О‘quv yili oxirida amaliyotlar yakuni bо‘yicha dekanlar, kafedra mudirlari va amaliyot mas’ullari hisobotlarini tahlil qilish va umumlashtirish.
MALAKA AMALIYOTINI О‘TASH BAZALARI | ||
1 | O‘zbekiston davlat filarmoniyasi | www.filarmonia.uz |
2 | Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Davlat akademik Katta teatri | https://gabt.uz/en/ |
3 | Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi | https://babm.uz/ |
4 | O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik insituti | https://fineartins.academy.uz/ru |
5 | Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internat | https://t.me/xoreografiyaolami |
6 | Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli | https://t.me/s/bahor_uz |
7 | O’zA – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi | https://uza.uz/uz/ |
8 | O‘z R Qurolli kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli | https://mudofaa.uz/12914/ |
9 | “Ommaviy halq bayramlari” MChJ | https://www.goldenpages.uz/company/?Id=84672 |
10 | O‘zbekiston Respublikasi Teatr arboblari uyushmasi | https://telegram.me/s/teatrolam, https://www.instagram.com/teatr_arboblari_uyushmasi/ |
11 | Karim Zaripov nomidagi Respublika estarada va sirk kolleji | http://circuscollege.uz/uz/index.htm |
12 | “Ayqulash” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli | http://karakalpakstan.travel/news-196/?lang=uz |
13 | “Uzbekfilm” DUK | http://www.uzbekfilm.uz/ |
14 | XK “Baxtli zamon”ga tegishli “Sabo” milliy raqs ansambli | https://www.instagram.com/sabo_ansambli/ |
15 | Yunus Rajabiy nomidagi Мemorial uy-muzeyi | https://rajabiy.daac.uz/ |
16 | Toshkent shahar Yoshlar ijodiyot saroyi | https://www.instagram.com/yoshlar_ijod_saroyi/?hl=ru |