Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor

Sultanova Rushana Ramilovna
O’zbekiston xalq artisti

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor 
  • Qabul kunlari: juma. 10:00 – 12:00
  • Tel: (+998 71) 215-56-86
  • email: info@uzdxa.uz

 

Vazifalari:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlari, Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va tarbiya sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishni ta’minlash;

Yuqori tashkilotlarning buyruqlari, farmoyishlari va koʻrsatmalarini, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlariga oid masalalar boʻyicha Ijtimoiy majburiyatni olishi, OTM Kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining ijrosini tashkil etish;

Talaba-yoshlaming ijtimoiy faolligini kuzatib borish va mutasaddi tashkilotlar (IIV, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura, DXX, FVV, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqalar) bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish;

OTM sport-sogʻlomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz va sifatli ishlashishini ta’minlash masalalarini nazorat etish;

Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga koʻmaklashish, talaba va yoshlar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulugʻbek, Ibn Sino va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;

OTM “Odob-axloq kodeksi” va “Ichki tartib qoidalari”ni buzgan talabalar, professor-oʻqituvchilar hamda xodimlarga nisbatan chora koʻrish, ular bilan shartnomani bekor qilish boʻyicha takliflar kiritish;

OTM tarkibiy tuzilmalariga yoʻnalishdagi vazifaning mohiyatidan kelib chiqqan holda topshiriq berish, uning ijrosini talab qilish, shuningdek ushbu yoʻnalishda berilgan topshiriqlarni bajarmagan yoki e’tiborsiz munosabatda boʻlgan xodimlarga nisbatan tegishli choralar koʻrish boʻyicha rektorga taqdimnoma kiritish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmun-mohiyatini talabalarga, professor-oʻqituvchilarga oʻz vaqtida tushuntirish ishlarini tashkil qilish. Buning uchun doimiy huquqiy savodxonlikni oshirish maxsus kurslar tashkil etish, turli mavzulardagi ma’naviy- ma’rifiy uchrashuvlar, bahs-munozaralar, muloqotlar, suhbatlar, savol-javob kechalarini uyushtirish;

Vazirlikning ma’naviy-ma’rifiy masalalar boʻyicha qabul qilgan hujjatlarini oliy ta’lim muassasasi jamoasiga oʻz vaqtida yetkazish va ulardagi tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;

Huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkoriikda ishlash;

Mamlakat va xalqaro hayotga oid axborotlarni keng jamoatchilikka, pedagoglar va talabalarga yetkazish tizimini tashkil etish;

Ma’naviy-ma’rifiy masalalarga oid ilmiy, uslubiy va amaliy adabiyotlar, qoʻllanmalar tayyorlash hamda ularni chop ettirish ishlarini yoʻlga qoʻyish;