YANGILIKLAR

Talabalarga “Work and Travel” dasturi uchun safar xarajatlari qoplab beriladi!

Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan “Work and travel” xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borishi va kelishi bilan bog‘liq xarajatlar uchun ssuda ajratish tizimi ishga tushirilgan. ❔Safar xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy ko‘mak olish tartibi Read more

“Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” xalqaro forumi doirasida “OPEN AIR” gala-konserti bo‘lib o‘tadi!

Avvalroq, poytaxtda bo‘lib o‘tadigan “Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” xalqaro forumi haqida xabar bergan edik.   Forum doirasida 18-may kuni soat 19:00da poytaxtdagi “Tashkent city” bog‘ining amfiteatr majmuasida forum ishtirokchilari uchun “OPEN AIR” gala-konserti bo‘lib o‘tadi! Mazkur gala-konsertda Read more

Talabalar o‘rtasida “Talaba Fest” festivali o‘tkaziladi.

Respublikamizdagi barcha hududlar boʻylab oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun 23-maydan 16-iyunga qadar “Talaba Fest” festivali boʻlib oʻtadi. Festival doirasida “Eng yaxshi fotosuratlar”, “Liboslar”, “Eng mazali taomlar” koʻrgazmalari, sport musobaqalari, musiqiy chiqishlar, shoir, yozuvchi va ijodkorlar bilan mushoiralar, karaoke, robototexnika koʻrgazmalari, Read more

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Axborot-resurs markazi fondi yangi adabiyotlar bilan boyitildi.

oshkent shahar Madaniyat markazi tomonidan akademiyaga 9 nomdagi jami 52 nusxadagi adabiyotlar sovg‘a qilindi. Mazkur kitoblar musiqa cholg‘ulari, ommaviy tadbirlarni tashkil etish hamda xalq og‘zaki ijodiyotiga oid mavzularni қамраб olgan. Ushbu adabiyotlar professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda tadqiqotchilar uchun muhim manba bo’lib Read more

Xalqaro forum

Joriy yilning 18–20-may kunlari Toshkent shahrida ilk bor tashkil etilgan “Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” xalqaro Forum doirasida o‘tkazilgan “Madaniyat ta’limida sun’iy intellektning ahamiyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi vakillari ham ishtirok etdilar. Jumladan, yalpi majlisda Read more

Umarkulova Kamola Begaliyevnaga Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasi berildi

О‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2026-yil 8-maydagi qaroriga asosan, O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “O’zbek tili, ijtimoiy fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasi o’qituvchisi Umarkulova Kamola Begaliyevnaga Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasi berildi. Akademiya jamoasi nomidan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi Read more

Xalqaro aloqa – mahorat darsi

Joriy yilning 19–20-may kunlari O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” xalqaro forumi hamda “Turkiy musiqa va raqs an’analarini saqlab qolish, o‘rganish, tadbiq etish va rivojlantirishda oliy ta’lim muassasalarining roli” X simpoziumi doirasida “Inklyuziv ta’limda xoreografiya Read more

Onlayn qabul

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Alimova Nargiza Sagdullayevna hamda akademiya mas’ullari ishtirokida onlayn qabul tashkil etiladi. 2026-yil 25-may kuni soat 14.00-15.00 ga qadar o’tkazilishi rejalashtirilgan “Onlayn muloqot» @uzdxa_official rasmiy sahifasi orqali bo’lib o’tadi. Read more

Murodova Matluba Shukurovnaga “Folklorshunoslik” ixtisosligi bo’yicha “professor” ilmiy unvoni berildi

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi qarori gaasosan, O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “O‘zbek tili, ijtimoiy fanlar va jismoniy tarbiya”kafedrasi mudiri Murodova Matluba Shukurovnaga “Folklorshunoslik” ixtisosligi bo’yicha “professor” ilmiy unvoni berildi.