Xotira kechasi

Kuni kecha O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida O’zbekiston va Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan o’qituvchi, baletmeyster o’z kasbining ustasi, raqs san’ati fidoyisi, zahmatkash ustoz, TEKOYEV TAYMURAZ MURATOVICH tavalludining 75 yilligiga bag’ishlangan xotira kechasi bo’lib o’tdi.

 Kechani akademiya rektori Shuhrat Toxtasimov ochar ekan, Taymuraz Tekoyevning rafiqasi va sodiq hamkasbi Ra’no Dosmetovaga, o‘ziga xos mahorat darsi o‘tkazish tashabbusi hamda taqdim etilgan foto va video materiallari uchun minnatdorchilik bildirdi.

 Shundan song, R.Dosmetova turmush o’rtog’i T.Tekoyev haqidagi xotiralari, uning hayoti, ijodi, baletmeysterlik faoliyati hususida so’zlab, xoreografning ijodiga oid videolavhalari bilan bo’lishdi.

 Shuningdek, tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar, ustozning hamkasblari, do’stlari ham so’zga chiqib, T.Tekoyev haqidagi go’zal va rang-barang, qiziqarli xotiralaridan so’zlab, g’aroyib iqtidor egasi, buyuk iste’dod sohibi Tekoyev Taymuraz Muratovichning yorqin siymosini yana bir bor yodga olishdi. U xayot bo’lganida 75 yoshni qarshilagan bo’lar edi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan