Akademiyaning “Tyutorga murojaat” Telegram boti ishga tushurildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori 2-ilovasi 13.3-bandida: “Har bir oliy ta’lim tashkilotida talabalar murojaatlarini tezkor va samarali hal qilish uchun “Tyutorga murojaat” axborot tizimini ishlash chiqish va ishga tushirish” vazifasi belgilangan.

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tomonidan talaba-yoshlar, ularning ota-onalari bilan tezkor, samarali axborot tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “Tyutorga murojaat” Telegram boti ishga tushirildi.

Telegram bot havolasi >

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *