Bo’limdagi raxbar va xodimlar:
Vakant
Korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘limi boshlig’i |
KORRUPSIYAGA QARSHI ҜURASHISH “KOMPLAYENS NAZORAT” TIZIMINI BOSHQARISH BOʻLIMI BOSH MUTAXASSISINING LAVOZIM VAZIFALARI
- oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi;
- oʻziga yuklangan funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomini ta’minlash talablarini bajarilishi;
- akademiya rahbariyatiga axborot berish uchun materiallar va hujjatlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlanishi;
- akademiyada komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati;
- jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi hamda qonunchilik hujjatlari asosida hal etilishi uchun javob beradi.
- Boʻlim boshligʻining asosiy funksional vazifalari quyidagilardan iborat:
- boʻlimga umumiy rahbarlik qiladi, boʻlim ishini tashkil etadi, boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomi boʻyicha toʻliq javob beradi;
- Akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar, qonunosti hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi;
- Akademiyada “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi;
- ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish asosida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
- fuqarolik jamiyati akademiyalari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;
- Akademiyada korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritadi, tahliliy materiallarni rahbariyatga taqdim etadi;
- boʻlim faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqadi, shuningdek, kiritilgan hujjatlar loyihalari koʻrib chiqilishini ta’minlaydi va takliflar tayyorlaydi;
- Akademiya Kengashi tarkibiga kiritiladi hamda majlislarda ishtirok etadi;
- boʻlim ishlarini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
- boʻlim faoliyati bilan bogʻliq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ijro intizomiga toʻliq amal qiladi;
- qonun hujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarniamalga oshiradi.
- Akademiya pedagog xodimlari, talaba yoshlar hamda jismoniy va yuridik shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etib, ularni qiynayotgan tizimli muammolarni oʻrganadi, oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori boʻlgan yoʻnalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlaydi;
- korrupsiyaga qarshi kurashish borasida oʻtkaziladigan oʻrganishlar, tekshirishlar, tahlillar hamda ishlab chiqiladigan takliflarda mutaxassislarni jalb etishda ishtirok etadi;
- korrupsiyaga qarshi oʻquv-uslubiy va metodik jihatdan, jumladan audio-video roliklar, foto hamda buklet va broshyura kabi materiallarni yaratishni yoʻlga qoʻyadi;
- oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar koʻrishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa soʻrovlarni tashkil etadi;
- qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi.
Bo’lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar:
Batafsil ko’rish va yuklab olish >
_________________________________________________________
Batafsil ko’rish va yuklab olish >